Thursday, June 9, 2011

Java dasturlashi tili muhitida web frameworklar.

Java dasturlash tili platforma tanlamasligini yuqorida aytib o’tildi. Bu qulaylik webda ham juda katta yutuqlarga ega. Shuning uchun JSP, Servlet, JSF, Spring MVC kabi frameworklar ishlab chiqildi.



JSP (Java Server Pages) - mavjud yangi texnologiyalardan biri bo’lib dinamik sayt tayyorlashda qulay va foydali hisoblanadi. JSP html tili bilan birgalikda java kod qo’shib yoziladi. JSP umumiy malumotni biroz ham uzgartirmaydi, shuning uchun sahifani ko’rinishi oldingi usul bilan ishlayveradi. JSP web dasturini ishga tushirishda ajratilgan komponentalarni ishdan chiqishini oldini oladi. Bu o’z navbatida HTML va interfeys dizaynini qilishda va dinamik malumotlani chiqarishda javada kod yozish bilimini ko’p talab qilmaydi. Bundan ko’rinib turibdiki, JSP dinamik sayt qilishda Java dasturlash tilidan foydalanadi.



JAVA Servlets – CGI programmalari va script tillari uchun kuchli alternativ hisoblanadi. Servlet i API server ga juda ham o’xshash, lekin servlet java dasturlash tilida yoziliganligi uchun API server ishlatiladigan joylarda oson va qulay ishga tushadi. Java Virtual Mechine da ishga tushganligi sababli xavfsizlikni ham qo’lga kiritgan. Servletlar sevlet mexanizmida ishga tushadi.

JSF (JavaServer Faces) – J2EE web dasturlari uchun foydalanuvchi interfaysi (UI) frameworki hisoblanadi yani butunlikni saqlagan holda eski texnologiyalarni mukammallashtirgan hisoblanadi. JSF html ni teglarini umumlashtirgan holda o’zini ham teglar kutubxonasi mavjud. Teglar yordamida java va javascript tillardan foydalanmagan holda ular bajaradigan vazifani osonlik bilan bajarish imkoniga ega hisoblanadi.



Spring – bu framework o’z nomi aytib turganidek Java web dasturlash tillining bahori hisoblanadi*. Spring Java dasturlash tilini yangi evalutsiyasini boshlanishiga sabab bo’ldi. Spring yordamida Shaxsiy kompyuterlar uchun tuziladigan dasturlani web da qo’llash yoki internetda ham yirik dasturiy taminotni tayyorlashga zamin yaratib berdi. Spring asosan web dasturlarni tuzilish sturkturasini boshqarishni o’z zimmasiga aladi. Spring Java ning MVC(Model View Controller) i hisoblanadi. Spring boshqa frameworklar bilan ham juda oson hamkorlik qila oladi masalan Jsp, Jsf, WebWork, Tapestry. Bu degani spring qo’llagan holda xoxlagan frameworkni ishlatishingiz mumkin. Bundan tashqari hozirgi kunda Spring boshqa dasturlar yani Pdf, Excel, Framemaker, Vilocity lar bilan ham integratsiya qila oladi



Request Processing Lifecycle
1-rasm. Springda So’rovni harakatlanish protsesi(Request Processing Lifecycle).

No comments:

Post a Comment