Java dasturlash tili
Java dasturlash tili Sun Microsystems kompaniyasi xodimlari James Gosling, Patick Naughton, Christ Warth, Ed Frank va Mike Sheridan lar tomonidan 1991 yilda o’ylab topilgan. Birinchi ishga yaroqli talqini tayyorlash uchun 18 oy vaqt ketdi. Bu dasturlash tili birinchi nomi “Oak”(Dub) deb nomlangan lekin 1995 yilda “Java” nomiga o’zgartirilgan.
Java texnologiyasi o'ta sodda, xavfsizlikni yuqori darajada ta'minlab bera oladigan, kuchli, to'la obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili bo'lib, muhit (platforma)ga bo'liq bo'lmagan holda ishlaydi. U bilan xatto eng kichik qurilmalarga ham dasturlar yozish mumkin. Java texnologiyasi to'laligicha Java Virtual Machine(JVM) ga asoslangan. JVM ning vazifasi tarjimonlik ya'ni, dastlab biz yozgan *.java fayl kompilyator yordamida bayt kodga o'giriladi va JVM yordamida esa mashina tiliga o'giradi.
JAVA ning C & C++ dan ustunligi
WORA - Write Once, Run Anywhere (portable).
Havfsizlik (ishonch yuq kodni havfsiz ishga tushirish).
Hotirani havfsiz boshqarish (avtomat ravishda musorlarni yig’adi)
Tarmoqga dasturlash
Ko’p oqimli (Multi-thread) dasturlash
Dinamik & kengaytirish
Class lar alohida fayllarda saqlanadi
Kerak bo’lsa ishlatiladi
Dinamik ravishda imkoniyatini oshirish xam mumkin kerak bo’lsa.
Java texnologiyalari.
Java SE (Java Standart Edition) - serverda, shaxsiy kompyuterda desktoplarda ishlovchi dasturlar, appletlar yaratish uchun ishlatiladi. Bu texnologiya yordamida yaratilgan dasturlar deyarli barcha Operatsion tizimlarda ishlay oladi(Windows NT, Macintosh,Linux va Solaris). Shu bilan birga JavaSE boshqa Java turlarining asosi hisoblanadi.
Java EE (Java Enterprise Edition) - Java texnologiyalari orasida eng keng tarqalgan turi xisoblanib unda asosan serverda ishlovchi dasturlar yaratiladi, masalan ko'p foydalanuvchili web-saytlar yaratishda keng qo'llaniladi va asosan internetda ishlovchi dasturlarda qo'llaniladi. Java SE ni Java EE dan eng asosiy farqi Java EE o'z tarkibiga Java SE ni olibgina qolmay shu bilan birga ko'pgina boshqa qo'shimcha kutubxonalarni(odatda *.jar) ham o'z ichiga oladi ya'ni: Servlet, JavaMail, JSF(Java Server Face) va boshqa ko'pgina internetga asoslangan qoshimcha kutubxonalar.
Java ME (Java Micro Edition) - Java SE ning ba'zi qismlarini o'z ichiga oladi, JavaME yordamida kichik qurilmalar uchun dastrular yozish mumkin, masalan, mobil telefon uchun o'yinlar, dasturlar yaratish mumkin.
Javada kompilyator aytib o'tganimizdek biz yozgan kodni bayt-kodga o'giradi,odatda kompilatsiyadan o'tgan klasslar *.class qisqartirmasi bilan tugaydi.Va kompilatsiyadan o'tgan klassni Java Virtual Machine(JVM) ga yuklanadi va bayt-kodli fayllarni interpretatsiya qiladi, ya'ni mashina tiliga o'giradi va shu bilan birga undagi kodni imkoni boricha optimallashtiradi.
This comment has been removed by a blog administrator.
ReplyDeleteGap yo'q!
ReplyDelete